O‘quv poligoni

Transport oliy o‘quv yurtlarida fanlarni o‘qitishda, odatda, bir qator amaliy va laboratoriya ishlarini o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish talabalar o‘quv jarayonini tashkiliy qismi hisoblanadi. Amaliy va laboratoriya ishlarining asosiy maqsadi maxsus nazariy bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va mustahkamlash hamda lokomotivlarni ta’mirlashda eng murakkab yoki eng namunaviy texnologik jarayonlarni bajarishda amaliy ko‘nikmalarni egallash hisoblanadi. SHu maqsadda institutda o‘quv poligoni tashkil etilgan.

Poligonda “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi”, “Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tartibi”, “Vagonlar va vagon xo‘jaligi”, “Transport logistikasi va servis”, “Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika”, “Temir yo‘llar elektr ta’minoti”, “Ko‘priklar va tonnellar” hamda “Temir yo‘l qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi” kafedralaridagi fanlarning bir qator amaliy va laboratoriya ishlari o‘tkaziladi.

Poligonda mavjud strelkali o‘tkazgichlar, vagon va g‘ildirak juftlari amaliy mavzularni keng yoritib berish uchun va talabalarni mustahkam o‘zlashtirishlariga xizmat qilmoqda.

Poligonda:

O‘quv poligonida “SSB va aloqa” ilmiy tadqiqot laboratoriyasida ishlab chiqilayotgan temir yo‘l avtomatika va telemexanika mikroelektron qurilmalarini tadqiq qilishda poligondagi qurilmalardan foydalaniladi.

SHuningdek, o‘quv poligoni abiturientlarni kasbga yo‘naltirish uchun xizmat qiladi.