Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilgʼor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, oʼquv jarayoniga oʼqitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, tarmoq taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida: Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamda «Oʼzbekiston temir yoʼllari» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent temir yoʼl muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yoʼllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toshkent davlat transport universitetini Oʼzbekiston respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 maydagi PQ-4703 sonli Qaroriga muvofik tashkil etilgan.

Universitet:

•             Transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;

•             Ilgʼor xalqaro taʼlim standartlari hamda oʼquv dasturlariga muvofiq 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab taʼlimning kredit-modulь tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi;

•             Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga idoraviy jihatdan boʼysunadi.

 Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yoʼnalishlari:

•             transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

•             transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʼyicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;

•             qoʼshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Universitet professor-oʼqituvchilarining malakasini oshirishni hamda bitiruvchilarni chet elda magistratura va doktorantura dasturlari boʼyicha tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

•             transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, tizimdagi akademik litsey hamda sohaning professional taʼlim muassasalari taʼlim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash;

•             oʼquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʼliqligini taʼminlash maqsadida transport sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʼyicha maqsadli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish.

Universitet tarkibida 8 ta fakultet va 39 ta kafedra mavjud:

1.            Umumtaʼlim fakulteti

2.            Temir yoʼl transporti muhandisligi fakulteti

3.            Аvtomobil transporti muhandisligi fakulteti

4.            Аviatsiya transporti muhandisligi fakulteti

5.            Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti

6.            Iqtisodiyot fakulteti

7.            Qurilish fakulteti

8.            Elektrotexnika va kompьyuter muhandisligi fakulteti