Kafedra institut ochilgan yili tashkil etilgan. Birinchi bor kafedra «Tillar» deb atalib, rus, ingliz, fransuz va nemis tillarini o’z ichiga olgan. 1947-1977 yillari kafedrani  nomzodlik dissertatsiyani himoya qilgan, bir qator maqolalar, uslubiy qo’llanmalar va politexnika terminlari uchun izoxli lug’atlarni nashr qilgan f.f.n. dots., F.A. Markanova boshqargan. Kafedrada tajribali o’qituvchilardan: L.N. Stesun, S.A. Mixaylov, Ye.I. Seleznyova, F.A.Markanova, A.M. Averyanova, T.M. Shapkina, I.V. Alekseeva, V.A. Bokovseva, J.E. Gutermaxer, O.T. Kudabekova, V.V. Tixonov, I.A.Lavrik, M.N. Buyeva va boshqalar ishlagan. Kafedra o’qituvchilari malaka oshirish kurslarini sobiq Soyuzning turli shaharlaridada o’tab kelgan: A.M. Averyanova Kiyevda, I.V. Alekseeva Leningrad shahrida.

1977-2011 yillari kafedrani: f.f.d. G.G. Gafurova (1977-1994 yillari), f.f.n. dots., M.G. Kamilova (1994-2010 yillari), M.A. Kanoatova (1996-2001 yillari), f.f.n. dots. G.Sh. Muxitdinova (2001-2010 yillari),  K.I.Guseynova (2010-2014yillari) va 2014 yildan boshlab xozirgi kungacha kafedrani filologiya fanlari doktori (PhD) G.S.Mustaeva    boshqarib kelmoqda.

 

Chet tillarni o’qitish  sifatini  yaxshilash maqsadida 1998 yilda «Tillar» kafedrasi chet tillari, o’zbek va rus tillari kafedrasiga bo’linib, f.f.n. dots. M.G. Kamilova boshchilik qiladi. 2001-2010 yillari chet tillari kafedrasini O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi xizmatchisi 60 dan ortiq ilmiy uslubiy qo’llanmalar shuningdek 3ta kitob, 6ta o’quv qo’llanma, o’nlab uslubiy ishlanma va tavsiyanomalar, 33ta ilmiy maqolalar muallifi f.f.n. dots. G.Sh. Muxitdinova boshqardi. Kafedrada nomzodlik ishlarini ingliz, nemis va fransuz tillarida qabul qilishni boshlaydi hamda magistrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratiladi. Institut rahbariyati tashabbusi bilan Yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash sharoitlarida ishlatiladigan zarur uslubiy adabiyotlar jamlangan kompyuter sinflar, maxsus auditoriyalar bilan jixozlangan. Kafedrada doimiy multimediya darslari va prezentatsiyalarni o’tkazish uchun multimediya auditoriyalari mavjuddir.

O’zbek va rus tili kafedrasi, keyin esa «Tillar» kafedrasi a’zolari tomonidan «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturning qabul qilinganing 10-yilligiga bag’ishlangan respublikada ko’p bosqichli ta’limda tillarni o’qitishning uzviyligi muammosi asosiy vazifasi bo’lib xizmat qilgan «Texnik oliy o’quv yurtlarida tillarni o’qitishning dolzarb muammolari“  mavzusidagi  amaliy konferensiya o’tkazilgan (2008y.)

2012 yilda esa «Tillarni o’qitish jarayonida ilmiy uslubni o’rgatish muammosi» mavzusidagi ilmiy-uslubiy anjuman o’tkazildi, Unda Respublika texnik oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari faol ishtirok etdilar.

2010 yilda institut rektorining buyrug’iga binoan ikki kafedra «O’zbek va rus tillari» va «Chet tillari» kafedrasi birlashtirilib, «Tillar» deb ataldi. Kafedra mudiri etib K.I. Guseynova tayinlandi. U 2010-2014 yillar davomida kafedrani boshqardi.

2014 yildan kafedraga yosh mutahassis Mustaeva G.S. rahbarlik qila boshladi. U 2009 yildan boshlab Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida 10.00.04 – “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish maqsadida mustaqil tadqiqotchi bo‘lib tadqiqot olib borgan. 2019 yil 7 sentyabrda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi ilmiy kengashda ximoya qilib, ushbu kengash qaroriga asosan 31 oktyabda filologiya fanlari doktori (PhD) diplomini oldi.

Mustaeva G.S.  2018 yil Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida bo‘lib o‘tgan “E’tirof-2018” tanlovda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” nominasiyasida 2-o‘rinni egalladi.

Uning rahbarligi ostida kafedrada tasdiqlangan reja asosida o’qituvchilar    qiziqishiga sabab bo’layotgan turli tadbirlar o’tqazilmoqda. Uslubiy yo’nalishdagi ishlar jonlandi, kafedra o’qituvchilari o’z ishlarini respublikaning akademik miqyosidagi hamda chet el nashrlarida chop ettirmoqdalar. (Xalkova L.U., Kamilova M.G., Tashpulatova M.A.). “Kaliforniya” Xalkova L.U. va “Individual Differenciated Approuch in Teaching Foreign Languages in not language high schools” Kamilova M.G., Tashpulatova M.A.

Kafedrada assistentlari o’rtasida sportga qiziqish kuchli, jumladan  2019  yili 30 sentyabrda  sportning voleybol turi bo’yicha o’tkazilgan  ayollar o’rtasidagi musobaqada “Iqtisodiyot ” fakulteti ayol o’qituvchilari g’oliblikni qo’lga kiritdilar. 6 ta ishtrokchidan 4 tasi “Tillar” kafedrasidan qatnashdilar.

Shu yili assistentlar M.A.Toshpulatova va L.U.Xalikovaning    R.X.Bobohodjaev taxriri ostidagi “Railway engineering” deb nomlangan, 2,3,4-kurs texnik yo’nalishlar talabalari uchun mo’ljallangan o’quv qo’llanmasi chop etildi.

  • Kafedraga rahbarlik qilgan proffessor o’qituvchilar:

1947-1977 yillari – f.f.n. dots., F.A. Markanova

1977-1994 yillari –  G.G. Gafurova

1994-2010 yillari – f.f.n. dots., M.G. Kamilova

2010-2014yillari – K.I.Guseynova

2014 yildan hozirgi kungacha G.S. Mustaeva

 

  • Ilmiy saloxiyati :

Bugungi kunda kafedrada   1 ta  filologiya fanlari doktori (PhD), 1ta katta o’qituvchi  faoliyat olib boradi.

  • Kafedra tuzilmasi:

Yagona jamoaga aylangan  “ Tillar2” kafedrasida bugungi kunda 29 nafar malakali professor-o‘qituvchilar  faoliyat olib bormoqdalar: 1 ta  filologiya fanlari doktori (PhD), 1ta katta o’qituvchi  va 27 ta assistent

Ilmiy maqolalar:

Joriy 2019- 2020 yillarda kafedra proffessor  o’qituvchilari  tomonidan jami  123 ta ilmiy maqola nashr ettirildi. Shulardan 29 tasi OAK tassarufida, 26 tasi xalqaro ilmiy jurnallarda (“Web of science” , “ Scopus” va boshqa e’tirof etilgan bazalarga kiritilgan jurnallarda) , 35 tasi xalqaro kanferensiyalarda,  33 tasi respublika miqiyosidagi kanferensiyalarda  nashrdan chiqarildi.