«Informatika va kompyuter grafikasi» kafedrasi 2005 yil 25 iyulda “Chizma  geometriya va chizmachilik” va “Hisoblash texnikasi” kafedralari bazalari asosida tashkil qilindi. Kafedra tashkil qilingan kundan boshlab uni fizika- matematika fanlari doktori, professor Shadimetov Xalmatvay  Maxkambaevich boshqarib kelmoqda.

Kafedrada “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” va “Muxandislik va kompyuter grafikasi” fanlaridan dars beriladi. Kafedrada 7 ta kompyuter va 5 ta multimediali xona hamda 1 ta elektron doskali xona mavjud.  Barcha laboratoriya va amaliyot mashg‘ulotlari kompyuter xonalarida, ma’ruza mashg‘ulotlari esa, multimedia xonalarida eng ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda olib boriladi.

X.M.Shadimetov institut Ilmiy Kengashining, M.Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetdagi  01.01.07.- ”Hisoblash matematikasi” mutaxassisligi bo‘yicha Maxsus kengash a’zosi. Moskva, Sankt – Peterburg, Novosibirsk, Krasnoyarsk, Ufa, Ulan -Ude shaharlarida tashkil qilingan xalqaro maktablarning ishlarida ko‘p marta ishtirok etgan. U “Kubatur formulalar va aralash masalalar” bo‘yicha xalqaro maktab – seminar tashkiliy qo‘mitasining doimiy a’zosi. X.M.Shadimetov  bir necha marta Respublika va shahar maktab matematika olimpiadalarini boshqargan. Har hafta O‘z FA matematika institutida o‘tkaziladigan “Hisoblash matematikasi va sonlar nazariyasining zamonaviy muammolari” Respublika ilmiy seminarining rahbari. Matematika instituti Ilmiy Sovetining a’zosi va shu institut “Hisoblash metodlari” laboratoriyasi mudiri. Kafedraning professor-o‘qituvchilar jamoasi “Hisoblash matematikasi va informatika”, “Chizma  geometriya va kompyuter grafikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Professor-o‘qituvchilardan X.M.Shadimetov, B.N.Abdikayimov, S.S.Azamov, G‘.N.Axmadaliev larning ko‘pgina ilmiy maqolalari chet elning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilib kelinmoqda.

Kafedrada 2006-2011 yillarda “Chizma chilik” fanidan fan olimpiadasi ning Respublika 2- bosqichi o‘tkazildi. Unda kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar va barcha olimpiadalar juda yuqori saviyada o‘tkazildi. Barcha olimpiadalarda kafedramiz professor-o‘qituvchilari tayyorlagan talabalar faxrli 1 va 2 -o‘rinlarni egallaganlar.

Kafedrada oliy ta’lim muammolarini tadqiq qilishga yo‘naltirilgan “O‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil qilish, o‘qitishning yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini yaratish” mavzusida ilmiy-uslubiy ishlar olib boriladi.

Kafedrada o‘quv jarayoni shahsiylashtirish va differensiyalash asosida, ya’ni bo‘lajak mutahassisning imkoniyatini, qobiliyatini va uning bilim darajasini nazarda tutilgan holda tashkil etilgan.

Kafedra internet tarmog‘iga ulangan va zaruriy dasturiy vositalarga ega zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlangan. Kafedra o‘qituvchilari elektron adabiyotlar va o‘quv-uslubiy ishlanmalarni tayyorlashda ulardan unumli foydalanmoqda.

Talabalarimiz kafedra fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiyadalarida muntazam qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 2017-2018 o‘quv yilida talabalarimiz Respublika fan olimpiyadasida muhandislik kompyuter grafikasi fanidan 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Chizma  geometriya fanidan 2-o‘rinni egallashdi.

Oxirgi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan “Chizma  geometriya kursi” va “Mashinasozlik Chizma chiligidan ma’lumotnoma” o‘quv qo‘llanmalari nashr qilindi hamda “Muhandislik grafika” darsligi nashr qilishga topshirildi.

Kafedra tomonidan talabalar fanni o‘zlashtirishida samarali bo‘lgan uslubiy va ko‘rgazmali xarakterdagi elektron qo‘llanmalar yaratilgan va yaratilmoqda. Hozirgi vaqtda 435 Mb hajmdagi uslubiy va ko‘rgazmali materiallar bilan birga 50 dan ortiq animatsiyalar yaratilgan.

Kafedrada “Kompyuterli modellashtirish”, “Zamonaviy axborot texnologiyalari” to‘garaglari faoliyat yuritmoqda va unga iqtidorli talabalar jalb qilingan. Ular kompyuter grafikasi va CAD tizimlari asoslarini o‘rgangandan keyin yig‘ma birliklar detallari modellarini yaratish va yig‘ish, Chizma  geometriya masalalariga oid animatsiyalar yaratish bilan shug‘ullanadilar.

Kafedrada 2020-2021 o‘quv yilida 44 ta professor o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
Shulardan:  2 ta professor, 7 ta dotsent,  11 ta katta o‘qituvchi,  24 ta assistent

Kafedra professor o‘qituvchilarining asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
– hisoblash matematikasi,
– informatika Muxandislik va kompyuter grafikasi.

Shu yo‘nalishlar bo‘yicha seminarlar tashkil etish va qatnashish.
Mahalliy va xalqaro ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashish va uning to‘plamlarida tezis hamda maqolalarni chop ettirish.

OAK tasarrufidagi hamda SCOPUS, Web of Sience turkumlariga kirgan ilmiy jurnallarda hisoblash matematikasi, informatika va kompyuter grafikasi иxtisosliklarining zamonaviy muammolariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar chop etish.

Kafedra professor o‘qituvchilarining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Ularning ilmiy salohiyatini ko‘tarish maqsadida professor X.M.Shadimetov rahbarligida TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “Informatika  va kompyuter grafikasi” kafedrasida “Hisoblash matematikasi va informatikaning zamonaviy muammolari” va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika institutida “Hisoblash matematikasi va sonlar nazariyasining dolzarb muammolari” nomli  Respublika seminarlari haftaning seshanba va chorshanba kunlari o‘z faoliyatini olib  bormoqda. Hozirgi kungacha shu seminarlarda kafedra ishlari, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar hamda boshqa oliy o‘quv yurtlari xorijiy ilmiy-tekshirish institutlari xodimlari va professorlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqdalar.

X.M.Shadimetov  rahbarligidagi ushbu seminarlarda D.M.Axmedov, S.S.Azamov, N.D.Boltaevlarning ilmiy ma’ruzalari muhokama qilindi, buning natijasida ularning 3tadan  9 ta  ilmiy maqolalari xorijning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etildi.

“Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasida ularning PhD  dissertatsiyalari tayyorlandi, X.M.Shadimetov  rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qilindi. Xozirgi kunda ular shu kafedrada ishlab, seminarlarda faol qatnashmoqda.

SHu kunlarda dotsent F.A.Nuraliev o‘zining doktorlik dissertatsiyasini tayyorladi  va shu yili  himoya qiladi.

2021-2022 o‘quv yilida kafedra a’zolaridan B.N. Abdikayimov, G‘.N. Axmadaliev,  I.I.Jalolov,  F.I Mamurovalar Phd dissertatsiyalarini himoya qiladilar.