“Tabiiy fanlar” kafedrasida 24 ta professor-o’qituvchilar pedagogik-ilmiyiy faoliyatlarini olib boradilar. Kafedrada «Fizika», «Kimyo», «Qurilishda fizika», «Qurilishda kimyo» fanlari o’qitiladi. Kafedramizning ilmiy salohiyati 52% ni tashkil etadi. Universitetning bakalavr tayyorlash dasturining barcha texnik o’qitish bo’yicha talabalarga taqsimlanadi. Undan tashkari sirtqida ko’rsatiladigan tahsil oluvchi talablarga ham «Fizika», «Kimyo, fanlardan ham ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar ham olib boriladi.

Kafedra kompozitsion moddalari yoritish va fizik-kimyooviy xossalarini tashkil etish bilan birga «Texnika yunalishdagi olim o’quv yurtida fizika o’qituvchisi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi takomillashtirish» ilmiy tadqiqotlarini olib boradi.

 

Kafedra tarixi

 

Kafedrada mahoratli olimlar, tadqiqotchilar va mohir pedagoglar ishlaydilar. Kafedra pedagoglari haqida shuni ta`kidlash lozimki, faoliyati davomida fizika kafedrasi yuqori malakali kadrlar tayyorldashda ilg’or uslubiy markazlardan biri bo’ldi. Bu yerda pedagogika sohasidagi ko’plab ilg’or amaliyotlar ishlab chiqildi va respublika bo’ylab tarqatildi. O’zbekistoda ilk bor auditoriyalarga o’rnatilgan televizorlar (422 auditoriyada 15 ta televizor o’rnatilgan edi) orqali “TTYMI teleko’rsatuvlar markazi”da (asoschi dots.K.I.Dolmatov) darslar o’tkazildi. fikrimizning dalilidir. Bunizamonaviy multimediyaviy ma`ruzalarning ilk ko’rinishi deb atash mumkin. Ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida barcha laboratoriya qurilmalarini tayyorlash bilan birga ishlab chiqarish tashkilotlari, jumladan temir yo’l tashkilotlari bilan xo’jalik shartnomalari asosida ishlar bajarildi Boshlang`ich yillari ilmiy ishlarning asosiy og’irligi dots. Gotgilf T.L., ass. Chernova L.I. va Andreevalar zimmasiga tushdi. Ilk bor kafedrada laboratoriya ishlarini bajarishning “frontal” uslubi tadbiq etildi va ko’p yillar davomida muvaffaqiyat bilan qo’llanildi. Laboratoriya ishlarini frontal (birvarakayiga) ya`ni guruhdagi talabalar har birlari bir vaqtda individiual laboratoriya ishini bajarishlari uchun 10 tadan nusxada laboratoriya ishlari tayyorlanishi fikrimizning dalilidir.

O’quv jarayon bilan bir qatorda “Ionizatsiyalangan radiatsiya va lazer nurlanishning turli muhit xossalariga ta`sirini o’rganish” bilan bog’liq bo’lgan ilmiy ishlar ham olib boriladi. Kafedra prof. V.M. Belenkiy va M.F. Ochilov mudirliklari vaqtida o’quv laboratoriya ishlarini yuqori darajada bajarish va lazer texnologiyalarni va ularni ishlab chiqarishda qo’llashni kengroq o’rganishga xizmat qiladigan yangi lazer asboblar bilan jihozlandi. Professor-o’qituvchilar turli xalqaro, respublika va institut miqyosida o’tkazilgan seminar, konferensiya va simpozumlarda doimiy ishtirok etdilar.

2008 yilda kafedraga t.f.d. Umarov A.V. mudir bo’ldi. Uning boshchiligida fizikani o’qitish uslubiyatini yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borish keng jonlantirildi, jumladan barcha o’quv laboratoriyalar talabalarga laboratoriya ishlarini bajarishda yordam beradigan devoriy, ko’rgazmaviy, uslubiy qo’llanmalar bilan boyitildi. Fizikaning ma’ruza darslarini o’tishda “tayanch kartochkalar” dan foydalanish va multimediyaviy ma`ruzalar tadbiq etildi.

Kafedrada fizikaning barcha bo’limlari (jumladan atom fizikasi) bo’yicha laboratoriya ishlari bajarish mumkin bo’lgan 11 ta kom`pyuter bilan jihozlangan virtual laboratoriya tashkil etildi.

Kafedra professor-o’qituvchilarining konferensiyava seminarlari faol ishtiroklarini ta`minlash maqsadida katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan 2008-2011 o’quv yilida kafedraning 8 ta a`zosi 5 ta xalqaro, 16 ta respublika konferensiyalarida ishtirok etib, 15 ta uslubiy ishlanma, 5 ta ilmiy maqola va 52 ta ma`ruza tezislari chop etildi. Kafedraning elektron kutubxonasining yaratishishlari olib borilmoqda. Kafedra jamoasi jamoat ishlarida faol ishtirok etmoqda. 2010 yilning mart oyida kafedra bazasida Toshkent shahridagi texnika oliy o’quv yurtlarining fizika kafedralari shahar seminari o’tkaziladi va ushbu OO’Yurtlarining “Fizika kafedralari mudirlari kengashi” tashkil qilinib, TATU va TTYMI “Fizika” kafedralari bu yo’nalishdagi ishlarga baza sifatida tanlab olindi. 2011 yildan TATU va TTYMI “Fizika” kafedralari professor-o’qituvchilari texnik oliy o’quv yurtlarida fizika fani bo’yicha “o’quv uslubiy majmua” yaratish bo’yicha innovatsion loyiha ustida ish olib borilmoqda.

2012 yilda kafedraga f.-m.f.n., dotsent Mirsalixov B.A. mudir bo’ldi. Uning boshchiligida o’qitishni yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borish jonlantirildi, jumladan barcha o’quv laboratoriyalarida mexanika, molekulyar fizika va elektr bo’limlariga taalluqli laboratoriya ishlari bir vaqtning o’zida barcha laboratoriya xonalarida bajarilishiga erishildi.

Fizika fanidan I va II semester o’quv jarayoni uchun multimedia ma’ruzalar to’plami to’liq rus va o’zbek tillarida yaratildi.

Elektromagnitizm va optika bo’limlaridagi laboratoriya xonalarida laboratoriya ishlar soni ko’paytirildi.

2013 yil kafedraga dotsent Saidov B. M., assistent Sultanxodjayeva G. Sh. va yosh mutaxassis Maxmudov A.A. lar ishga qabul qilindilar.

2012 yilda 25 mln. so’mdan iborat 3 yillik davlat granti qo’lga kiritildi.(Elektr uzatish tarmoqlari havo tizimi va kontaktlari uchun kompozitsion polimer izolyatorlar yaratish).

Xalqaro aloqalari: Kafedra respublika va undan tashqaridagi yetakchi oliy o’quv yurtlarining fizika kafedralari va muassasalar bilan bir qator ilmiy va pedagogik aloqalari olib borilmoqda. Masalan, A.I.Gersen nomli Rossiya davlat pedagogika universiteti “Fizika o’qitish metodikasi” kafedrasi, Peterburg davlat temir yo’llari universiteti “Fizika” kafedrasi,  O’zbekiston Milliy universiteti (O’zMU) “Umumiy fizika, Fizika o’qitish uslubi va atmosfera” kafedrasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TITU) “Fizika” kafedrasi, Toshkent Kimyo Texnologiya instituti “Fizika” kafedrasi, Toshkent arxitektura va qurilish (TAQI) “Fizika matematika” kafedrasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) “Fizika” kafedrasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (TIIM) “Fizika va kimyo” kafedrasi, shuningdek TDTU qoshidagi “Fan va tarraqiyot” “ilmiy-tadqiqot” markazi, Uzeltexsanoat “Mikroelektronika” ITI shular jumlasidandir.

2015 yilda 50 mln. so’mdan iborat 3 yillik davlat granti qo’lga kiritildi (Разработка полимерных металлонаполненных композиционных материалов для электротехнической промышленности).

2017 yil sentyabr oyidan boshlab kafedraga Saytdjanov Sh.N. assistent lavozimiga ishga qabul qilindi.

2018 yil sentyabr oyidan boshlab kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi Po’latova L.F. katta o’qituvchi, va Qurbonov X.M., Valixonov N.K. lar assistant lavozimiga ishga qabul qilindilar.

2018-2019 o’quv yiliga Rossiyaning “Zarnitsa” kompaniyasi tomonidan  ishlab chiqilgan laboratoriya ishlari to’plami xarid qilindi va o’quv yiliga ishchi holatda  tayyorlab qo’yildi.

2019 yili sentyabr oyidan boshlab kafedraga fizika-matematika fanlari doktori, professor A.V.Umarov va Daminov S.A. assistant lavozimiga ishga qabul qilindi. 2020 yil fevral oyida TTYMI qoshida O`zR OAK qaroriga asosan  Dcs (4 ta yonalish boyicha) beruvchi ilmiy kengash tuzildi, unga kafedra a`zosi Umarov A.V. rais etib tasdiqlandi.

Kafedra a’zolari o’z ilmiy tadqoqotlarini davom ettirib, davlat granti asosida ish olib bormoqdalar.

 

Kafedrada rahbarlik qilgan professor – o’qituvchilar

 

1931 yil – I.A. Shvedov kafedraning tashkilotchisi;

1985-1985 yy. dots. Domoryad I.A;

1985-1992 yy. V.M.Belenkiy;

1992-1998 yy. professor M.A.Toirov;

1998-2008 yy. f.m.f.d. M.F.Ochilov;

2008-2012 yy. t.f.d. Umarov A.V;

2012-2020 yillarda kafedrani f.m.f.n., dotsent Mirsalixov B.A. boshqardi;

2020-yil sentyabr oyidan t.f.d. professor Umarov A.V.

 

Ilmiy salohiyati

 

  1. Kafedrada texnika fanlari nomzodi, professor Umarov Abdusalom Vaxitovich
  2. Texnika fanlari nomzodi, professor Mirsaatov Ravshan Muminovich
  3. Texnika fanlari nomzodi, professor Teshaboeva Elmira Ubaydullaevna
  4. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Mirsalixov Baxodir Abdusamatovich
  5. Pedagogika fanlari nomzodi, dosent Mansurova Mavjuda Yuldashevna
  6. Texnika fanlari nomzodi, dosent Elmurodov Boyazar
  7. Texnika fanlari nomzodi, dosent Sidikova Toxira Dalilovna
  8. Texnika fanlari nomzodi, dosent Vapaev Murodjon Dusummatovich
  9. Kafedraning ilmiy salohiyati 52% ni tashkil etdi.

Kafedra tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar

 

  1. “Texnika yunalishdagi oliy o’quv yurtlarida fizika o’qituvchisi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomilashtirish”
  2. Polimer kompozit materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaratish, rivojlantirish va o’rganish.

 

Iqtidorli talabalar bilan amalga oshirilgan ishlar

 

Kafedrada doimiy ravishda ijrodor talablar bilan ishlashga tayyor. Turli tuvaraklar ilmiy ilmi faoliyatini olib boradi. Iqtidorli talabalar bilan professor-o’qituvchilar bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etilishi.

 

Kafedra manzili

 

Asosiy bino 3-qavatda 317 va 321 xonalar

 

Telefon

(71) 299 03 73

(71) 299 05 06