Slovakiya

Davlat:

O’zbekistondagi Slovakiya elchixonasining ma’lumotiga ko’ra

Muassasa haqida:

O’zbekistondagi Slovakiya elchixonasining ma’lumotiga ko’ra, Slovakiya Respublikasining milliy stipendiyalar dasturi doirasida 2021/2022 o’quv yili uchun tanlov e’lon qilingan. Stipendiyalar tanlovida g’olib bo’lgan talabalar, doktorantlar va o’qituvchilar 2021-2022 o’quv yilida Slovakiya oily ta’lim muassasalarida tahsil olish, stajirovka o’tash, tadqiqot olib borish va dars berish imkoniyatini qo’lga kiritadilar. O’qish davomiyligi quyidagicha: - Bakalavrlar 1-2 semestr davomida stajirovka o’tashlari mumkin va nomzodlar kamida 3 kursni bitirgan bo’lishlari kerak; - Magistrantlar uchun 1-10 oy davomida stajirovka tashkil etiladi; - O’qituvchilar ilmiy xodimlar va san’at sohasi xodimlari uchun 1-10 oy davomida stajirovka tashkil qilinadi. Mazkur stipendiyalar Slovakiya Respublikasining ta’lim, fan, tadqiqotlar va sport vazirligi hamda Slovakiya akademik axborot agentligi byudjeti mablag’laridan moliyalashtiriladi. Stipendiyaga sazovor bo’lganlar Slovakiya hukumatining stipendiatlari hisoblanadi. Onlayn hujjat topshirish muddati: 2021-yil 30 aprel 16:00(SET) 2021-2022 o’quv yilining yozgi semstrida stajirovka o’tash uchun onlayn hujjat topshirish muddati: 2021-yil 31-oktabr 16:00(SET). Dasturning talablari va shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://www.stipendia.sk/main/pravila-i-uslovia-programmy/inostrannye-pretendenty Stipendiyalar dasturi to’g’risidagi batafsil ma’lumotni www.scholarships.sk va www.stipendia.sk web-sahifalari orqali olish mumkin. Dastur administrator – Ondrey Aradskiy, e-mail: ondrej.aradsky@asia.sk

Размер шрифта

Межбуквенное расстояние

Сайт работает в тестовом режиме