2020 yil 7 dekabr kuni Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan Konstitutsiyasining28 yilligiga bag‘ishlab 07.12.2020 yilda tashkil etilgan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusidagi ”Konstitutsiya tinch –totuv hayotimiz garovi” tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirni universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.X. Baratov ochib berdi va barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi bilan tabrikladi va so‘z navbatini O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Tezkor Qidiruv Hamkorlik Boshqarmasi katta tezkor vakili mayor Lochin Azimovich Atoevga berdi.

L.Atoev nutqida yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi islohotlar haqida gapirib o‘tdi va barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi bilan tabrikladi. Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosi ekanligi va uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuksak samaralar berayotganini takidladi.

“Inson huquqlari – eng oliy qadriyat”, “Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat”, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”, “Adolat – qonun ustuvorligida”, “Konstitutsiya va ma’naviyat mushtarakligi”, “Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz” “Qonun va biz” kabi mavzularda tashkil etilayotgan tadbirlarga taniqli olimlar, huquqshunoslar, ma’sul xodimlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari jalb etilayotgani ham inson huquqlari qonununlar bilan va eng muhimi Konstitutsiya bilan himoyalanganligi taьkidlandi.

Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati va huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish asoslari, fuqarolarning huquq va burchlari sodda tilda chuqur sharhlab berildi. Shuningdek, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani tushuntirildi. Asosiy qonunimiz bilan mamlakatimizda inson manfaatlarini ulug‘lashning huquqiy asosi yuksak darajada mustahkamlab qo‘yilgani keng namoyon etildi.

Muloqat jarayonida L.M. Atoevga talabalar tomonidan bir qancha savollar berildi va savollarga to‘liq javob olishdi . Talabalarning oliy ta’lim dargohida tahsil olish davri eng ma’suliyatli va muhim davr ekanligi takidlanib, talabalardan jamiyatimiz hayotida va ijtimoy masalalarda faol va tashabbuskor bo‘lishlari kerakligi tushuntirildi.

O‘z o‘rnida talabalarning huquqiy bilimi ham savol javob shaklida sinaldi. Viktorina shaklda o‘tgan uchrashuvda 5 nafar g‘olib talaba aniqlandi. Seminar va uchrashuv yakunida L.Atoev talaba yoshlarimizga ilk mustaqil hayotga qadam qo‘ygan talabalarga o‘zlarining muhim va qimmatli maslahatlarini berdi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan savollarga to‘g‘ri va aniq tarzda to‘liq javob bergan faol talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitoblarini taqdim etdi. Davra suhbati qizg‘in va mazmunli o‘tdi.

Oybek Achilov,
Iqtisodiyot fakulteti dekani o‘rinbosari