O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan universitet kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xizmatchilarining oila a’zolari o‘rtasida “Sport har bir oilaga kirib borsin” shiori ostida oilaviy sport o‘yinlari tashkil etildi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi va “Jismoniy tarbiya” kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan sport musobaqasida 5 ta oilaviy jamoa kuch sinashdi.

Oilaviy sport o‘yinlarida yugurish, nishonga otish, kim chaqqon va mergan, mohir basketbolchi, arqon tortish, futbolchi o‘g‘il, chaqqon ona hamda epchil qiz shartlari bo‘yicha bellashishdi.

Tadbirdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad esa aniq – oila a’zolarning jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga va umumiy ish qobiliyatini o‘sishiga erishish; jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni oilalarning kundalik turmush tarziga singdirish, oila a’zolarini turli sport o‘yinlar va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, ular safini kengaytirish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, institutdagi oilalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan oilalarni aniqlab, ular o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish hamda targ‘ibot etish orqali boshqa oilalar faolligini kuchaytirishga erishish.

Musobaqaning barcha shartlari bo‘yicha muvaffaqiyatli qatnashgan Muzaffar Chanayevlar oilasi 1-o‘ringa, Siroj A’zamovlar oilasi 2-o‘rin, Xabibullo Rajabovlar oilasi 3-o‘ringa munosib deb topildi.

Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchi jamoalar uyushmaning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Axborot xizmati.