Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 04-maydagi PQ-4703-sonli «Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat transport universiteti tarkibiga kiritilgan.
Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti O`zbekiston aviatsiya sohasi uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Fakultet 1956 yilda Toshkent Politexnika instituti qoshida tashkil etilgan. O`z faoliyati davomida Samolyotsozlik (1956 y.), Toshkent davlat aviatsiya instituti tarkibida Aviakosmik va Fuqaro aviatsiyasi (1995 y.), Toshkent davlat texnika universiteti tarkibida Aviatsiya (2008 y.) nomlari bilan faoliyat yuritgan. 2016 yilda fakultet o`z faoliyatini tugatgan va kafedralar boshqa fakultetlarda faoliyat ko`rsatgan. 2019 yil fevral oyidan Aviakosmik texnologiyalar fakulteti faoliyati qayta tikladi. 60 yildan oshiq bo`lgan faoliyati davomida respublikamiz aviatsiya sohasiga 40 mingdan ziyod yuqori malakali kadrlar tayyorlagan.
Fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi: Aviatsiya injiniringi, Aeronavigatsiya tizimlari.
Kafedralarda bakalavriatning quyidagi yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlanadi:
– 5310400 – Havo kemalaridan texnik foydalanish;
– 5620200 – Havodagi harakatni boshqarish;
– 5314000 – Aviasozlik;
– 5314100 – Amaliy koinot texnologiyalari;
– 5314200 – Uchuvchisiz aviatsiya komplekslarining texnik va texnologik ekspluatatsiyasi;
– 5313900 – Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish;
– 5314000 – Aviatsiya injiniringi.
Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari:
– 5A310405 – Havo kemalari va aviadvigatellardan texnik foydalanish;
– 5A620200 – Havodagi xarakatni boshqarish va aeronavigatsiya;
– 5A310403 – Pilotaj-navigatsiya majmualarining aviatsiya elektr tizimlaridan texnik foydalanish;
– 5A314100 – Amaliy kosmik texnologiyalar.
Fakultet bitiruvchilarining asosiy talabgorlari mamlakatimizing «Uzbekistan airways» aviakompaniyasi, «Uzbekistan airways technics» mas`uliyati cheklangan jamiyati, «Uzbekistan airports» aksionerlik jamiyati, «Tashkent mexanika zavodi» aksionerlik jamiyati, «Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi» Davlat korxonasi, «Uzaeronavigatsiya» Markazi Davlat korxonasi va boshqalar.
Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti soha bo`yicha ko`plab yetakchi xorijiy oliygohlar bilan xamkorlik qilib kelmoqda. Bulardan, Moskva davlat fuqaro aviatsiyasi texnika universiteti (Rossiya), Moskva aviatsiya instituti (milliy tadqiqot universitet) (Rossiya), Ulyanovsk fuqaro aviatsiyasi instituti (Rossiya), Milliy aviatsiya universiteti (Ukraina), Berlin texnika universiteti (Germaniya), Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (Fransiya), La Sapiensa Rim universiteti (Italiya), Konkun universiteti (Janubiy Koreya) va boshqalar.
Fakultet haqida
Bakalavriatura yo'nalishlari
Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi
Aviasozlik
Uchuvchisiz aviatsiya komplekslarining texnik va texnologik ekspluatatsiyasi
Aviatsiya inginiringi (Aviasozlik)
Aviatsiya inginiringi (Uchuvchisiz uchish apparatlari aviatsiya majmualari)
Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish
Havodagi harakatni boshqarish
Amaliy koinot texnologoyalari
Magistratura yo'nalishlari
Havo kemalari vа aviatsiya dvigatellaridan foydalanish
Havodagi harakatni boshqarish va aeronavigatsiya
Amaliy kosmos texnologoyalari
Pilotaj-navigatsiya majmualarining aviatsiya elektr tizimlaridan texnik foydalanish
Fakultet boshqarmasi

Ilmiy daraja va unvoni:
t.f.n., dotsent
Lavozimi:
dekan
Qa'bul vaqti:
Dushanba-Juma (14:00-17:00)
Telefoni:
+998 91 163-95-91
E-mail:
Ijtimoiy tarmoqlar:

Ilmiy daraja va unvoni:
-
Lavozimi:
Dekan muovuni
Qa'bul vaqti:
Dushanba-Juma (14:00-17:00)
Telefoni:
+998 97 265-22-55
E-mail:
Ijtimoiy tarmoqlar:

Ilmiy daraja va unvoni:
-
Lavozimi:
Dekan muovuni
Qa'bul vaqti:
Dushanba-Juma (14:00-17:00)
Telefoni:
+998 99 820-27-34
E-mail:
Ijtimoiy tarmoqlar: