Toshkent davlat transport universiteti Umumta’lim fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 04-maydagi PQ-4703-sonli «Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Universitet 2020 yildan bo‘shlab o‘qitishning «Kredit modul» tizimiga o’tishi munosabati bilan Umumta’lim fakulteti o’z faoliyatini boshladi va universitetning barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalariga xizmat ko’rsatib kelmoqda.