Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

?IKKI XALQ DILBANDI

IKKI XALQ DILBANDI

O‘tayotgan haftada Adiblar xiyobonida Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag‘ishlangan shunday nomdagi hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tdi. Kinoasar Kinematogarafiya agentligi, Toshkent davlat transport universiteti, “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK hamda va Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda suratga olindi.
Taqdimot avvalida adabiyotshunoslarning adib asarlariga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. Film ekran yuzini ko‘rdi.

Film voqealarida adibning bolalik davridan to umrining oxirigacha bo‘lgan hayotiy kechmishlari aks etgan. Ushbu hujjatli kinokartina yosh avlodning adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirishda, shoirning hayoti va ijodini chuqurroq o‘rganishda, u haqida tasavvur hosil qilishda katta ahamiyatga ega.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram