Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni

“1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” shiori ostida

“Hayot bebaho ne’mat” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi

2021 yil 1-dekabr Shahar yo‘llari va ko‘chalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublika OITSga qarshi kurash markazi yuqumli kasalliklar shifokori N.B.Novikova ishtirok etib, OIV/OITS kasalligining kelib chiqish tarixi, kasallikning dunyoda tarqalish sabablari, kasallik manbalari, kasallikning yuqish yo‘llari va undan saqlanish, kasallik profilaktikasi bo‘yicha silgan mazmunli ma’ruzasi bilan talabalarni o’z sog’ligiga nisbatan ogohlikka da’vat etdi. Shuningdek, XXI asr vabosi nomini olgan OIV infeksiyasining oldini olish va kasallanganlarning hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha respublikamizda keng ko‘lamda olib borilayotgan ishlar, OITS tarqalishining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash lozimligi haqida ta’kidlab o‘tdi.Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.