Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

2 iyul – O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

2 iyul – O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Bu ulug’vor g’oya bugun yangi O’zbekistonning, har bir vatandoshimizning istiqbolga qaratilgan azmu qaroriga aylandi. Inson ulug’ g’oya va da’vatlardan kuch oladi, ularga qarab qaddini rostlaydi. Ularga mos ravishda o’ktam qadam tashlashga intiladi. Tiklanishsiz yuksalish bo’lmaganiday, buyuk niyat va maqsadsiz kuchli harakat, nurafshon kelajak bo’lmaydi. Ana shu ma’noda davlat ramzlari bugun yoshlarimizga yangi marralarga egallashida, har kuni, har lahza g’urur va matonat bilan yuksalish sari qadam tashlashda betimsol kuch-qudrat baxsh etmoqda.

Ayni damda Minsk shahrida Belarus milliy texnika universiteti rektori Sergey Xaritonchik bilan uchrashib turibman. Sergey Vasilьevichning ilk so’zi «O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun» bilan tabrikdan boshlandi. Bu samimiyatni O’zbekistonga ehtirom, Toshkent davlat transport universitetiga hurmat sifatida qabul qildim.

Qadrli kun barchamizga muborak bo’lsin!