OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

2021 yil 8 oktyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti Kiev milliy texnologiyasi va dizayn universiteti bilan hamkorlikda “Globallashuv sharoitida ta’lim, fan va biznes integratsiyasi muammolari” mavzusida…

2021 yil 8 oktyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti Kiev milliy texnologiyasi va dizayn universiteti bilan hamkorlikda “Globallashuv sharoitida ta’lim, fan va biznes integratsiyasi muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya o’tkazildi, hamkor tashkilotchlardan Ukraina ta’limi va fan vazirligi, Ukraina Milliy pedagogika fanlari akademiyasi, Kiev milliy texnologiyasi va dizayn universiteti, DNNU “Moliyaviy menejment akademiyasi”. Akaki Tsereteli (Kutaisi, Gruziya Respublikasi), Toshkent davlat transport universiteti (O’zbekiston Respublikasi), Belorusiya savdo – iqtisodiyot universiteti (Gomel, Belarusiya Respublikasi instituti) qatnashdilar. Xalqaro konferensiya Britaniya Kengashi ko’magida Creative Spark loyihasi asosida tashkil etildi.
Xalqaro ilmiy -amaliy konferensiyada oliy o’quv yurtlarining 100 dan ortiq professor va o’qituvchilari, jumladan, TDTU o’qituvchilari ishtirok etishdi.
Konferensiyada Toshkent davlat transport universiteti xalqaro hamkorlik ishlari bo’yicha prorektor, iqtisod fanlari doktori, professor Bahodir To’raev so’zga chiqdi. O’z nutqi davomida u yig’ilganlarni ishning boshlanishi bilan tabrikladi, hamda Kiev milliy texnologiya va dizayn universiteti rektori, akademik Ivan Mixaylovich Grishchenkoga shaxsiy tabriklarini yo’llab, u bilan uzoq muddatli professional va do’stona munosabatlarni alohida ta’kidlab o’tdi, konferentsiya mavzularini muhokama qilib, ularning kelgusi ishlariga rivoj va zafarlar tiladi.
Umumiy qilib aytganda, Xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya yuqori ilmiy, tashkiliy va amaliy darajada bo’lib o’tdi. Barcha ishtirokchi va mehmonlarning nutqida konferensiya mazmunli va foydali bo’lib o’tgani bir necha marotaba ta’kidlandi.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram