Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

2021 yilning 7 – dekabrida universitetning kinofilmlar zalida Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 2020-2021 o’quv yilida nashr qilingan ilmiy va uslubiy adabiyotlar taqdimoti o’tkazildi.

2021 yilning 7 – dekabrida universitetning kinofilmlar zalida Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 2020-2021 o’quv yilida nashr qilingan ilmiy va uslubiy adabiyotlar taqdimoti o’tkazildi.

Ushbu kitoblar taqdimotida iqtisodiyot fakulteti dekan muovini M.M.Agzamova, Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari, Buxgalteriya hisobi, Tillar, O’zbek (rus) tili kafedralari professor-o’qituvchilari va Unversitet talabalari ishtirok etishdi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri J.S.Ramatov kitoblar taqdimotida 2020 va 2021 yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan nashr etilgan 7 ta monografiya, Falsafa, O’zbekistonning eng yangi tarixi, Filosofiya (rus guruhlari uchun) fanlar bo’yicha nashr etilgan kitoblar ishtirokchilarga tanishtirildi. Mazkur nashr ishlarida kafedra professor-o’qituvchilaridan J.S.Ramatov, A.A.Dadasheva, J.D.Matkarimova, R.O.Nosirov, R.O’.Baratov, R.X.Xudoyberganov, B.L.Salimov, N.Yu.Jo’raboyev, N.Sh.Yunusova, N.J.Nazarova, [Sh.Q.Raxmonova], I.B.Mirzayevlar faol ishtirok etganligini alohida e’tirof etish lozim.
Kitoblar taqdimotida M.M.Agzamova, M.Z.Kamilova, R.O’.Baratovlar ham so’z olib talabalarga ta’lim olishda adabiyotlarning o’rni kattaligini, ayniqsa, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan ham o’quv, ham uslubiy, ham badiiy nashrlari talabalarning mustaqil ishlarini tayyorlashda foydalanishda zarur adabiyotlar sifatida xizmat qilish hamda umuman kitobxonlik va yuksak bilim har bir talabani kelajakda ulkan marralarni qo’lga kiritishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdi.
Ushbu taqdimotda kafedra professor-o’qituvchilardan B.Salimov, R.Xudoyberganov, R.Umarovalar ham o’z nashr etgan adabiyotlari xususida qisqacha ma’lumot berib o’tdilar.
Talabalardan YeM-3 guruh talabasi B.Turdiqulov so’zga chiqib Yoshlar ishlari agentligi bilan universitetning iqtidorli talabalari “Kelajak talabalar nigohida” nomli kitob tayyorlashda kafedra jamoasini ham hamkorlikka chorladi. Mazkur ilmiy loyihani amalga oshirilishida hamda shu loyiha doirasida chop etilishi maqsad qilingan kitobni tayyorlashda kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy va uslubiy tajribasidan foydalanishni ta’kidlab o’tdi. Bunga javoban kafedra mudiri J.S.Ramatov ijodkor talabalarni har tomonlama qo’llab quvvatlashga tayyorlig, shunday izlanuvchin va ijodkor talabalar safi yanada kengayishiga ishonch bildirib o’tdi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi jamoasi tomonidan tashkil etilgan kitoblar taqdimoti tadbiri ishtimrokchilarda katta taassurot qoldirdi. Barcha ishtirokchilar kelgusida ham foydali adabiyotlar taqdimotlarini o’tkazish talabalar uchun foydali ekanligi ta’kidlandi.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram