Unda prorektor D.X.Baratov, TTJ direksiyasi vakillari, barcha tarbiyachi-pedagoglar hamda talabalar ishtirok etdi.
Talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, she’rlar aytildi. QVZ jamoalarining quvnoq chiqishlari, “Ustoz-shogird” an’analariga asoslangan savol-javob ko‘rinishidagi sahna ko‘rinishlari muhitga ko‘tarinkilik baxsh etdi, kitobxonlik mavzusidagi erkin suhbat o‘tkazildi.
Tadbir so‘ngida talabalar turar joyida kitobxonlik tanlovini o‘tkazish, tanlovning birinchi soni O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romaniga bag‘ishlanishi kelishib olindi.