Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

9-dekabr kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Jahon banki ishtirokida amalga oshirilgan “O’zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida milliy seminar bo’lib o’tdi.

9-dekabr kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Jahon banki ishtirokida amalga oshirilgan “O’zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida milliy seminar bo’lib o’tdi.

9-dekabr kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Jahon banki ishtirokida amalga oshirilgan “O’zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida milliy seminar bo’lib o’tdi. Unda yurtimizdagi barcha Oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti vakillari ham ushbu seminarda qatnashdi.

Ushbu loyiha 2016-yilda Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan. Loyihaning umumiy qiymati 71.9 mln AQSH $, shundan 42.2 mln $ Jahon banki kredit mablag’lari, 30.7 mln AQSH $ O‘zbekiston hissasi. Loyihaning asosiy maqsadi OTM moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy labaratoriyalar bilan jihozlash, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, OTMlarning xalqaro reytingda yuqori o‘rinlardagi ishtirokini ta’minlash.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!