Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Abituriyentlar diqqatiga!

Tana harorati 37° C dan baland bo’lib, sinovlarga kiritilmagan abituriyentlarga o’sha hududda dalolatnoma tuziladi.
COVID-19 tasdiqlanib, davolanayotgan abituriyentlar yoki ularning vakillari test sinovlari to‘liq tugagunga qadar, ya’ni 16 avgustgacha onlayn ariza va zarur hujjatlar bilan DTMga murojaat qilganlar haqidagi ma’lumotlar test sinovlari to‘liq tugashi bilan 3 kun ichida Sanitar-epidemiologiya xizmatiga tekshirish uchun yuboriladi.
Abituriyentlar yoki ularning vakillari ariza va hujjatlarni covid@dtm.uz pochta manziliga yuborishadi.
Haqiqatdan kasalligi tasdiqlangan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.
Test sinovlari tugagach 14 kun ichida ular uchun qayta test sinovlari tashkillashtiriladi.
Qayta sinovlarda tana harorati 37° C dan baland bo’lsa yoki to‘liq sog‘aymagan bo’lsa, ular uchun boshqa test sinovlari tashkil qilinmaydi.