Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi

Davlat oliygohlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza topshirish jarayoni 27-iyul kuni oxirigacha uzaytirildi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat yo‘nalishlariga 17-iyul so‘ngiga qadar onlayn hujjat topshirish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, 2022/23 o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.
Davlat test markazi xabariga ko‘ra, bu yil arizalar qabuli 27-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!