Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Afg’onistonlik talabalar uchun Toshkent shahri bo’ylab sayohat tashkil etildi

Afg’onistonlik talabalar uchun Toshkent shahri bo’ylab sayohat tashkil etildi

Toshkent davlat transport universitetida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan Аfg’oniston fuqarolarini o’qitish taʼlim markazidan kelgan “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (lokomotivlar)” bakalavriat taʼlim yo‘nalishida o’qiyotgan 25 nafar 4-bosqich talabalari tahsil olayotgan edi. Talabalar davlat imtihonlari va diplom himoyalarini a’lo baholarga topshirib bakalavriat bosqichini tamomladi.
Toshkent davlat transport universitetida o’qish davomida talabalar “O’zbekiston” lokomotiv deposi, “O’ztemiryo’lmashtaʼmir” UK, Yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” elektr poyezdlariga xizmat ko’rsatish markaziga, “Toshkent yo’lovchi vagonlarini ko’rish va taʼmirlash zavodi”, Chuqursoy saralash stansiyasi, “Quyuv mexanika zavodi” UK korxonalariga ham tashrif buyurdi.

Toshkent davlat transport universiteti rektori O.Q.Abdurahmonov tashabbusi bilan Afg’onistonlik talabalarga Toshkent shahri bo’ylab sayr va rektor bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etildi. Talabalar Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi, kechki payt esa universitet Magistral oshxonasida o‘zbek milliy taomlari bilan mehmon qilindi.

Talabalarning rektor bilan uchrashuvi norasmiy va do‘stona shaklda bo‘lib o‘tdi. Ular bilan mamlakatimiz va Transport universiteti haqidagi fikrlari, 4 yillik ta’lim jarayonlari haqidagi va kelgusidagi rejalari haqida suhbat bo’lib o’tdi.

Afg’onistonlik Abduqodir: “Men O’zbekistonni sevdim… O’zimni hech ham boshqa mamlakatda deb his qilmadim, afg’onlar va o’zbeklar qalban bir millat, azal-azaldan ular do’st. Madaniyati, urf-odati, tili, dini bir millatmiz. O’zbek xalqiga va hukumatiga cheksiz minnatdorchilik bildiraman”,- deya fikr bildirdi.

Ushbu talabalarning aksariyati kelgusida magistratura bosqichini ham davom ettirish niyatida ekanligini bildirdi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!