“Iqtisodiyot” fakultetida buyuk ajdodlarimiz, buyuk temuriylar sulolasi vakili
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan 2 kurs talabalari bilan “Ajdodlar xotirasi yodimizda” mavzusidagi tadbir o’tkazildi.
Tadbirda talabalar tomonidan Bobur qalamiga mansub ruboiy va g’azallar aytib berildi, sahna ko’rinishida Bobur siymosi va uning ulug’vorligi to’g’risida keng qamrovli ma’lumot berildi.