Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari” mavzusida seminar bo’lib o’tdi

“Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari” mavzusida seminar bo’lib o’tdi

2022-yil 14-yanvar kuni “Аvtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti professor-o‘qituvchilariga “Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari” mavzusida “Аvtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti dekan o’rinbosari Mamasoliyeva Nafisaxon Toxirovna tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda “Аvtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti dekani A.X.O’roqov, “Avtomobil yo’llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” va “Avtomobil yo’llarni qidiruv va loyihalash” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari, o‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash, baholarni aniqlash va qayta o‘zlashtirish uchun to‘lov miqdorini belgilash, vakolatlarni o‘tkazish, kuzatuv kengashini tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!