Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi

“Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti “Avtomobil yo‘llaridagi sun’iy inshootlar” kafedrasi professor-o‘qtuvchilari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi.
Butun turk dunyosi Alisher Navoiyni «shams ul-millat» millat quyoshi deb hamma davrlarda e’zoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir. U haqidagi biografik ma’lumotlar, yozmishlarining deyarli barchasi to‘liq saqlanib qolgan. Xalq ichida bu zotning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq rivoyat va afsonalar ham talaygina. Chunki odamlar o‘zlariga va kelgusi avlodga yashash tarzi, qilmishlari ibrat, aytmish va yozmish so‘zlari haqiqat bo‘lgan zotlar to‘g‘risida ham hurmat, ham hikmat ma’nosida mana shunday og‘zaki ijod namunalarini to‘qib oladilar. Ushbu tadbirga Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar, ijodiy va ilmiy merosi haqida qiziqarli, fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!