Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Andijon va Yangi Andijon shaharlarini bog’lovchi jamoat transporti tarmog’i kontseptsiyasini ishlab chiqishda Transport universiteti olimlari ishtirok etmoqda

Andijon va Yangi Andijon shaharlarini bog’lovchi jamoat transporti tarmog’i kontseptsiyasini ishlab chiqishda Transport universiteti olimlari ishtirok etmoqda

Davlatimiz rahbari joriy yilning 17-18 iyunь kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari bilan bo’lib o’tgan yig’ilishda “Yangi Andijon” shahri infratuzilmasini muhokama qilgan edi.

Ushbu yig’ilishda 400 ming aholiga mo’ljallangan “Yangi Andijon” hududini Andijon shahri bilan bog’lovchi tezyurar jamoat transporti qatnovini tashkil qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bo’yicha Transport vazirligiga topshiriq berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tezyurar jamoat transporti tarmog’i hamda Andijon shahrining avtobuslar tarmog’ini rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish maqsadida Transport vazirligi tegishli tizim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan, rejalashtirilayotgan yo’nalishlarda transport va yo’lovchilarning oqimlarini o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Jarayonlarga Transport univrsiteti mutaxassislari jalb etilgan. Batafsil