Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Angliyalik murabbiy Mikki Adams universitetda mehmon bo’ldi

Angliyalik murabbiy Mikki Adams universitetda mehmon bo’ldi

Transport universitetida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga qaratilgan keng ko’lamdagi dasturlar qatorida xorijlik sport mutaxassislari bilan ham aloqalarni o’rnatish borasida ishlar olib borilmoqda.

Bugun mana shu yo’nalish doirasida Yevropada o’z o’rniga ega bo’lgan “Brooke House College footboll Academy” futbol akademiyasining texnik direktori, taniqli ingliz futbolchisi, “Lester Siti” futbol klubi sobiq murabbiyi Miki Adams (Maykl Richard Adams) Transport universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonni universitetning xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Baxodir Turayev kutib oldi.

Xorijlik mutaxassis universitet sportini rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan o’zining iliq fikrlarini bildirib o’tdi.

Shu o’rinda universitet rektori Odil Abduraxmanov ham mehmonning yaxshi niyatda o’z xizmatlarini taklif etayotgani uchun minnatdorchilik bildirib o’tdi.

Leave a Reply