Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Antiplagiat.ru

O‘zbekiston universitetlari va ilmiy markazlarining ilmiy potentsialini qo‘llab-quvvatlashda antiplagiat tizimi mavzusidagi o‘tkazilgan davra suhbatida Toshkent davlat transport universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Merganov ishtirok etdi. Tadbir A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, E-LINE PRESS kompaniyasi hamda Rossiya Federatsiyasining “Antiplagiat.ru” tashkilotining vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Mazkur tadbirda A.Merganov “Ilm-fanda plagiat muammosi” mavzusida maʼruza o‘qidi. Tadbir davomida taʼlim jarayonida plagiat bilan kurashish muammolari, taʼlim sifatini oshirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram