Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

AQShning Shimoliy Dakota Universiteti professori ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi

AQShning Shimoliy Dakota Universiteti professori ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 15-iyul kuni Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan AQShning Shimoliy Dakota Universiteti professori Sulaymon Eshkabilov ishtirokida universitetning doktorant va ilmiy tadqiqotchilari uchun seminar tashkil etildi. Seminari davomida S.Eshkabilov “Road Quality Control and Maintenance Assesment tools” va “Application of Machine Learning Algorithms” mavzularida ma’ruza qilish bilan birga universitet ta’lim tizimi va olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida ham ma’lunot berdi. Bundan tashqari Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti qoshidagi laboratoriyalar bilan tanishtirilib, kelajakda hamkorlikni davom ettirish bo’yicha rejalar tuzildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!