Assalomu alaykum azizlar!
Sizlarni ulug’ va muborak ayyom — Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Saodatli va duolar ijobat bo’ladigan qutlug’ kunda butun xalqimiz, vatandoshlarimizning ezgu niyatlari, xayrli amallari ro’yobga oshishini so’rayman.
Toshkent davlat transport universiteti jamoasiga eng avvalo sog’liq, ilmiy va ijodiy, pedagogik ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman. Professor-o’qituvchilarimiz, talabalarimiz, ishchi-xizmatchilarimiz jonajon O’zbekistonimiz rivojiga, ilm-fani yuksalishiga, oliy ta’lim tizimi yanada ravnaq topishida munosib hissa qo’shishiga ishonaman.
Yurtimiz tinchliliga osoyishtaligiga ko’z tegmasin. Ushbu qutlug’ kunning barokati barchamizning xonadonlarimizga nur bo’lib yog’ilsin, fayz olib kirsin. Bayramingiz muborak bo’lsin!