Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetida “YURTIM BUYUKLARI” nomli badiiy tadbir o‘tkazildi.

Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetida “YURTIM BUYUKLARI” nomli badiiy tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 10-fevral kuni Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag’ishlab badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Yozuvchilar uyishmasi a’zosi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” hamda “Shuhrat” medali sohibi, shoir va tarjimon Asror Mo‘min va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Dehqonov Akromjon Qodirovich ishtirok etib, ikki buyuk mutafakkirlar shaxsi haqida tadbir qatnashchilariga ma’lumot berib o‘tdilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchi mehmonlarga universitet rahbariyati nomidan minnatdorchilik sifatida tashakkurnoma va estalik sovg‘alari topshirildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!