Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Avstriyada o’tkazilayotgan Erasmus+ dasturi doirasidagi TRIGGER loyihasining navbatdagi seminar-treningida Universitet vakillari ishtirok etmoqda

Avstriyada o’tkazilayotgan Erasmus+ dasturi doirasidagi TRIGGER loyihasining navbatdagi seminar-treningida Universitet vakillari ishtirok etmoqda

Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan Vena amaliy fanlar universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan TRIGGER loyihasining seminar-treningi 2022-yil 19-sentyabr kuni boshlandi.

Ayni vaqtda Vena shahrida Yevropa Ittifoqining ERASMUS + dasturi doirasida “TRIGGER – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” xalqaro loyihasi doirasida Universitet vakillarini samarali tadbirkorlik ta’lim dasturini tayyorlash yuzasidan o’qitishga qaratilgan  seminar trening o‘tkazilmoqda.

Seminar-treningda TRIGGER loyihasi a’zolari Toshkent davlat transport universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i t.f.n., dots. A.Merganov, “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi mudiri, t.f.d. R.Raximov, “Transport iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Xolbutayeva, “Korporativ bosharuv” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Umarova va  “Elektrotexnika” kafedrasi assistenti S.Xakimovlar ishtirok etmoqdalar.

Seminar natijasida tinglovchilar universitetda talabalarga tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha samarali ta’lim berishni tashkil qilish yuzasidan malakalarni egallaydilar. Shuningdek, bu kabi seminarlar, hamkorlar bilan aloqlarni yanada yahshilash va dunyoning yetakchi universitetlari professor-o‘qituvchilari va hodimlari bilan tajriba almashish imkononi beradi.

Mazkur trening 1 – oktyabrga qadar davom etadi.