Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Avtobusda yoʻlovchilar uchun nimalar taqiqlanadi?

Avtobusda yoʻlovchilar uchun nimalar taqiqlanadi?

Shahar avtobuslarida yurar ekanmiz turli voqealarga duch kelamiz. Chiptachi yoki haydovchi yo‘lovchini tartibga rioya qilmagani uchun avtobusdan tushirib yuborganiga ham guvoh bo‘lganmiz. Xo‘sh, avtobuslarda aslida nimalar taqiqlanadi. Qonunchilikka koʻra, avtobusda quyidagilar taqiqlanadi:

yoʻlovchilarning mast holda yurishi;

alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;

haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;

oynadan tashqariga osilish;

tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qoʻlansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, gʻilofsiz oʻq otar qurol, tigʻli va keskir ashyolarni olib yurish;

oʻlchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta oʻrin uchun ogʻirligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq boʻlgan buyumlarni olib yurish;

salonni yoki yoʻlovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!