Avtomobil muhandisligi fakulteti 2-kurs talabalari uchun “O‘quv geodezik” amaliyot boʻlib oʻtmoqda
Joriy yilning 23-may kunidan Avtomobil muhandisligi fakultetining 2-kurs talabalari uchun o’quv rejasi bo’yicha o‘quv geodezik amaliyot boshlandi. Amaliyot boshlashdan oldin barcha talabalar texnika xafsizligi va mehnat muhofazasi qoidalari bilan yaqindan tanishdilar va amaliyotda amalga oshiriladigan ishlar ketma-ketligi haqida ma’lumot oldilar. O‘lchash jarayonida ma’lumotlarni qayd qilib borish uchun foydalaniladigan jadvallarni tayyorlashdi. O‘quv geodezik amaliyotida talabalar o‘lchash asboblarini qabul qilib olib, dala o‘lchash maydonini o‘rganib va belgilangan joyda o’lchashlar natijasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, topografik xarita va planini tuzish ishlarini bajarishmoqda