Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Avtomobil muhandisligi mutaxassislari uchun ilk xorijiy ta’lim platformasi

Avtomobil muhandisligi mutaxassislari uchun ilk xorijiy ta’lim platformasi

Universitetimiz talaba-yoshlarining masofadan ta’lim olish jarayonlarining yanada sifatini oshirish, ingliz tili ko’magida mutaxassislik fanlarini o’zlashtirishini jadallashtirish va transport atamalarini xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish imkoniyatlarini yaratish maqsadida Toshkent davlat transport universiteti o’qituvchilari Zuhra Rasulova, Aziza Yuldasheva va tadqiqotchi Muzaffar Mamatqulov ingliz tili fanidan onlayn ta’lim platformasini (kompьyuter va mobil versiyalari) ishlab chiqdi.

«UzTESPING» xalqaro ingliz tili o’qituvchilari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan onlayn ta’lim platformasi ingliz tilini mutaxassislik fanlar ko’magida o’rganishga xizmat qiladi.

Ta’lim platformasida:

  • 200 dan ortiq ilmiy maqola ;
  • 7 ta mutaxassislikka oid ilmiy adabiyot;
  • 9 ta PhD tadqiqot ishlari va natijalari;
  • 14 ta sohaga oid yo’riqnoma joylashtirilgan.

Ta’lim platformasi muntazam to’ldirib boriladi.

Leave a Reply