Joriy yilning 12-may kuni Toshkent davlat transport universitetida Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti talabalari va ish beruvchilar bilan ishga taqsimot bo‘yicha dastlabki uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Avtomobil yo’llari qo’mitasi tasarrufidagi koroxonalar ma’sul xodimlari ishtirok etishdi. Suhbat davomida bitiruvchilarning barchasi 453 nafari korxona-tashkilotlarga ishga tavsiya etildi.