Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Bo’ka tumanida joylashgan 15-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdi

Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Bo’ka tumanida joylashgan 15-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 14-iyun kuni Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Bo’ka tumanida joylashgan 15-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yashash sharoitlari bilan tanishildi, bolajonlar bilan dildan suhbat qurib, ularning kelgusi orzu-umidlari, qiziqishlari va kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishi haqida davra suhbati olib borildi. Kelajakda buyuk shaxs bo‘lib yetilishida bilim, ilm va sportning ahamiyati to‘g‘risida bolajonlarga maslahatlar berildi.
Tashrif yakunida kafedra o‘qituvchilari bolajonlarga turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!