Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Avtomobil yo’llari muhandisligi fakultetida bahor oyining eng katta qozonlarda sumalak va o’zbek xalqining butun dunyoga tanitgan milliy taomimiz palov tayyorlandi

Avtomobil yo’llari muhandisligi fakultetida bahor oyining eng katta qozonlarda sumalak va o’zbek xalqining butun dunyoga tanitgan milliy taomimiz palov tayyorlandi

O‘zbek xalqida bahor faslidagi maxsus marosim taomi sifatida sumalak tayyorlash udumi keng tarqalgan. Sumalak tayyorlash marosimi xalqimizning ruhiy-ma’naviy ehtiyoji manbai bo‘lgan.
Shu bois Avtomobil yo’llari muhandisligi fakultetida bahor oyining eng katta qozonlarda sumalak va o’zbek xalqining butun dunyoga tanitgan milliy taomimiz palov tayyorlandi. Yurtimiz tinchligi, xalqimizning farovon xayoti, farzandlarimiz kamoli, dasturxonlarimiz to‘kin-sochinligi, dehqonchiliklarimizning barori, ekilgan bug‘doylirimiz mo‘l xosil berishini tilab yaxshi niyatlar bilan dasturhon yozildi va sumalak marosimi o‘tkazildi. Barcha professor-o’qituvchilar va o‘z orzu-umidlari, niyatlarining bajo bo‘lishini tiladilar.
Yaxshi niyatlar bilan sumalak pishirilsa, tilagan niyatlar bajo bo‘lishi azaldan urf bo‘lib kelgan. Shuningdek, sumalakka tashlangan toshni xosiyatli, deb bilganlar. Sumalak toshini “serhosil bo‘lsin”, deb daraxt ostiga ko‘mganlar. Ba’zilar esa toshlarni qut-baraka arimasin, degan niyatda saqlab qo‘yganlar.
Sumalak tayyorlash marosimini fakultet barcha xodimlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!