Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Avtomobil yo’llari qurilishi va Qurilish muhandisligi fakultetlari hamkorligida yangi avtomobil yo’li loyihasi yaratiladi

Avtomobil yo’llari qurilishi va Qurilish muhandisligi fakultetlari hamkorligida yangi avtomobil yo’li loyihasi yaratiladi

Yurtimizda yangicha uslub va yangiliklarni qo’llagan holda, keng ko’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Eng quvonchlisi, yangi g’oya va loyihalarda Toshkent davlat transport universitetining olim va fidoyi insonlari ham ishtirokidir.

Bugun, navbatdagi loyiha – poytaxtimiz Toshkentni Yuqori Chirchiq orqali Parkent tumani bilan bog’lovchi 23 kilometr uzunlikdagi yangi avtomobil yo’li loyihasini ishlab chiqish yuzasidan muhandislik-qidiruv ishlari tashkil etildi.

Qurilish muhandisligi va Avtomobil yo’llari qurilishi fakultetlari rahbarlari va tegishli kafedra mudirlari hamkorligida tashkil etilgan sayyor muhandislik-qidiruv ishlaridan so’ng, Parkent tumani hokimiyatida dastlabki muhokama bo’lib o’tdi.

Yangi avtomobil yo’lini qurilishi Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turizm va xizmat ko’rsatish soxasini taraqqiy ettirish, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish, oilaviy tadbirkorlik muhitini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash imkoniyatini yaratadi.

Leave a Reply