Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi tomonidan 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan 294- maktab bilan xamkorlikdagi tadbir o’tkazildi

Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi tomonidan 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan  294- maktab bilan xamkorlikdagi  tadbir o’tkazildi

07.12.21. kuni Toshkent davlat transport universiteti “Avtomobil yo’llari muhandisligi” fakulteti “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha” dekan movuni T. Pulatova va “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi assistenti  M. Kazakbayeva, kafedra doktaranti X. Abdullayev va YMLK-1 guruh talabalari bilan birgalikda 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami munosabati 294-maktabga tashrif buyurdilar.  T. Pulatova Maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarini 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami bilan tabriklab, Konstitutsiya – xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy yutug‘lari xaqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng  M. Kazakbayeva so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning hayotimizda ahamiyati, huquqiy ong va bilim naqadar zarurligi xaqida aytib, barchani yana bir bor bayram bilan muborakbod etdi. Tadbir davomida o‘quvchilarni konstitutsiyadan olgan bilimlarini charxlash maqsadida universitet o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan blis savollarga javob berdilar savol –javoblarda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga universitet o‘qituvchilari olib kelgan sovg‘alar topshirildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!