Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash”  kafedrasida  o‘tkazilgan MASTER KLASS haqida

Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti“Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasida  o‘tkazilgan MASTER KLASS haqida

         2021 yil 3 dekabr kuni soat 15:00 da 306K-auditoriyada soha vakillari bilan hamkorlik doirasida “Yo’l loyiha byurosi” MChJ loyihaning bosh  muhandisi  Zikrillayev  Zabixulla Shukrullayevich ishtirokida “Avtomobil yo’llarini loyihalash” fanidan INDOR-CAD dasturida yo’l elementlarini loyihalash bo’yicha  MASTER KLASS o’tkaziladi.

Yo’llarni loyihalashda INDOR-CAD dasturining bajaradigan imkoniyatlari, geodezik ma’lumotlarni import qilish, joyning raqamli modelini yaratish va trassani 3D tasvirini yaratishni  aniq misollar bilan tushuntirib berildi.

Master klass talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi. Yangi Oʻzbekiston bogʻiga olib boruvchi avtomobil yoʻlining loyihalash jarayonlari, undagi  yopiq suv chetlatish tizimlarini loyihalash talablari tushuntirildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram