Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi tomonidan “Huquqiy savodxonlik-davr talabi” mavzusidagi bilimlar bellashuvi o’tkazildi

“Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish” kafedrasi tomonidan “Huquqiy savodxonlik-davr talabi” mavzusidagi bilimlar bellashuvi o’tkazildi

Tadbirda fakultet talabalaridan  o‘qishda, jamoat ishlarida faol bo‘lgan yoshlardan guruhlar tuzilib, ularga bellashuv shartlari oldindan belgilab berildi.

Tadbirni ochib berish uchun kafedra mudiri dos. T.J.Amirovga so‘z berildi. Tadbirni ochib bergandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi gimni yangradi.

Ishtirokchilardan qaysi guruh boshlab berishini aniqlash uchun qura tashlab aniqlab olindi. Shundan so‘ng ishtirokchilar berilgan shartlar bilan bellashuvni boshladi. Guruh ishtirokchilari berilgan shartlar bo‘yicha yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilganligini ko‘rsatishdi, bellashuvda ularning olgan ballari hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi. 

Tadbir so‘ngida fakultet dekani prof. A.X.O‘roqov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga o‘zining iliq tilaklarini bildirib o‘tdi. Sohani rivojlantirishda intelektual salohiyatli kadr bo‘lib etishida ulkan zafarlab tilab, ularga “Huquqiy savodxonlik-davr talabi” bilimlar bellashuvi Diplomi va sovg‘alarni taqdim etdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!