Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ayni daqiqalarda Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o’zaro bog’liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzuidagi konferentsiya bo’lib o’tmoqda. Konferentsiyada ishtirok etayotgan jurnalistlar anjuman tafsilotlari haqida yozishmoqda.

Ayni daqiqalarda Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o’zaro bog’liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzuidagi konferentsiya bo’lib o’tmoqda. Konferentsiyada ishtirok etayotgan jurnalistlar anjuman tafsilotlari haqida yozishmoqda.

Markaziy Osiyo bu – Bu 100 million nufusga ega Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston davlatlari. Janubiy Osiyo esa Afg’oniston, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Butan, Malьdiv, Butan, Shri-Lanka mamlakatlaridir.

Bu mintaqa nufusi jihatidan yer yuzi aholisining to’rtdan bir qismini tashkil qiladi. O’zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi izolyatsion-alohida kechishi birmuncha murakkab. Aynan shuning uchun ham umumiy taraqqiyot maksadlarida Markaziy Osiyo davlatlarining «qo’lni qo’lga berib ishlashi» juda muhim.

Ushbu anjuman rejasi avvaldan bor edi. O’tgan yili 29 dekabrь kuni Parlamentga murojaatnomada Shavkat Mirziyoyev Janubiy Osiyo bo’yicha anjuman o’tkazilishini ma’lum qilgandi. So’nggi oylarda kuzatilayotgan afg’on mojarolari fonida anjumanning kun tartibi yanada o’tkirlashdi. Afg’oniston Islom Respublikasi Prezidenti shu yerda, Pokiston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan kelgan.

Endi nafaqat savdo-iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish va unga doir loyihalar, balki, tinchlik va xavfsizlik masalasi ko’proq muhokama qilinadi. Tinchlik bo’lmasa, bozor ham yo’q, yo’l ham yo’q, mamlakat tugul, qardosh xalqlarning ijtimoiy aloqalarida ham uzilish kuzatiladi. Bugun davlatlar rahbarlari va vakillarining o’zaro muzokara va murojaatida Afg’onistondagi vaziyatdan kelib chiqib, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqalarining kelgusi xatti-harakatlari haqida fikr almashish kutiladi.

Ochig’i, ommaga fakat kontseptsiyalar e’lon qilinadi, tafsilotlar tet-a-tet suhbatlarda qoladi. Shunisi ma’lumki, O’zbekistonning Afg’onistondagi vaziyat boradagi pozitsiyasi aniq: bu Afg’onistonning ichki ishi. Chegaralarimiz daxlsizligi esa milliy Mudofaa doktrinasi va xalqaro normalarga muvofiq ta’minlanadi.

Ayni paytda konferentsiya ishi boshlandi. Moderator – O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov. Birinchi bo’lib mezbon prezident- Shavkat Mirziyoyev so’zga chiqdi.

O’zbekiston rahbari mintaqalarning tarixiy aloqalari, mavjud tijoriy, madaniy, adabiy muloqotlari haqida eslatib o’tdi. Mintaqa xalqlarining tarxiy uyg’unligiga oid qiziq bir faktni yodga oldi: 1695 yilda hind hukmdori Avrangzeb rus savdogari Semyon Malenьkiyga mamlakatda tijorat qilish huquqini beradi. Qizig’i, ushbu farmon eski o’zbek tilida yozilgan ekan.

Shavkat Mirziyeyov bugun Afg’oniston o’zining yangi tarixida «perelomnыy moment» (“tub burilish pallasi”) o’tkazyapti deb ta’rif berdi. “Ishonamizki, donishmand afg’on xalqi umummilliy maqsadlarga erishish uchun murosaga tayyor ekanini namoyon qiladi. Ishonchimiz komilki, bizning mintaqalararo hameorligimiz, mamlakatda iqtisodiyotni tiklash, tinchlik va barqarorlikni o’rnatish uchun muhim omil bo’ladi.”

Prezident bir necha tashabbuslarni ilgari surdi:

Savdo-iqtisodiy hamkorlik, kooperatsiya va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish uchun har yili mintaqalararo forum o’tkazish;

Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo’lining qurilishini ishtirokchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgani, mintaqalararo strategiyasining aloqalarni kuchaytirish uchun savdo, tranzit va bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, qo’shma harakatlar strategiyasini qabul qilish;

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti shafeligida mintaqa mamlakatlari qishloq xo’jaligi vazirlarining uchrashuvini o’tkazib, qo’shma dastur ishlab chiqish;

Markaziy va Janubiy Osiyoning turoperatorlarining yagona platformasini shakllantirish, Jahon sayyohlik tashkiloti ishtirokida mintaqada turizmni yanada rivojlantirish;

YuNESKO shafeligida Termizda Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosiga bag’ishlangan xalqaro forum o’tkazish;

Qo’shma tadqiqot va tajriba almashish dasturlarini rag’batlantirish, olim va tadqiqotchilar uchun yengillashtirilgan viza tartibini joriy qilish kabilar shular jumlasidandir.

Shavkat Mirziyoyev nutqidan so’ng BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish konferentsiya ishtirokchilariga videomurojaat bilan chiqdi.