Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ayni daqiqalarda “Yangi O’zbekiston” majmuasida Mustaqillik monumentining ochilish marosimi boshlandi.

Ayni daqiqalarda “Yangi O’zbekiston” majmuasida Mustaqillik monumentining ochilish marosimi boshlandi.

Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

– Agar yuqoridan nazar tashlasangiz, bog’ning shakli ulkan daraxtning beshta shoxiga o’xshaydi. Bu Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo’nalishini ifoda etadi.

Bu go’zal bog’da poytaxtimiz aholisi, Toshkent viloyati va barcha hududlarimizdan, xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda.

Bu yerda sun’iy ko’l, sport maydonchalari, bolalar o’yingohlari, amfiteatr, favvoralar, savdo va xizmat ko’rsatish ob’ektlari, hunarmandchilik do’konlari barpo etildi va etilmoqda, dedi prezident.

Davlat rahbari majmua yonida Olimpiya shaharchasi bunyod etilishi, unda 2025 yili Yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlarining asosiy musobaqalari o’tkazilishini ma’lum qildi.

Majmua hududida zamonaviy oliy ta’lim dargohi, tibbiyot klinikalari, xalqaro ko’rgazma markazlari va boshqa ob’ektlardan iborat shaharcha qurilmoqda.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram