Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Aynura Rustemova: Rektor umidini oqlaganimdan xursandman

Aynura Rustemova: Rektor umidini oqlaganimdan xursandman

Taqdirlash marosimida universitet rektori Odil Abduraxmanov ilm yo’lidagi sabr-toqat, izchillik va fidoyilik tilab, yutuqlar zavqidan doimo bahramand bo’lib yurishimni istadi.

Universitet rahbarining bu istagi bejiz emas.
Qoraqolpog’iston Respublikasida yashayman. Davlat stipendiyasiga xujjatlarimni onlayn topshirdim. Pandemiya davri bo’lganligi bois, o’z vaqtda Toshkentga kelolmadim. Eng yomoni xujjatlar muhokamasi o’tkazilgan yig’ilishni o’tkazib yuboribman.

Biroz kech bo’lsada universitet rektori qabuliga kirdim. Odil Qalandarovich men bilan samimiy suhbatlashdi. Bu samimiyatdan ruhlanib, nima sababdan qabuliga kirganligimni batafsil tushuntirdim.

Rektor meni tinglagach, universitet bilimdon va ziyoli, chet tillarini mukammal biluvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlashini aytdi. Maxsus dasturlar bilan boshqariladigan murakkab mexanizmlarda ishlash, ilmiy kashfiyotlar yaratish, fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish yaqin kelgusida universitet zimmasiga tushishini yoshlar anglashishi zarurligini uqtirdi.

Kutilmaganda mendan IELTS darajangiz bormi, deb so’radilar. Men “yo’q” deb javob berdim. 7.0 darajali IELTS sertifikatini olishga va’da berishimni va agar davlat stipendiyasi g’olibi bo’lsam, taqdirlash marosimida sertifikatni ham olib kelish shartini qo’ydi.

Taqdirlash marosimida rektor suhbatimizni eslab, g’olibligimdan, qat’iyatli talabaligimdan xursand bo’ldilar. Vaqt tig’izligi nuqtai nazardan universitet rektoriga bergan va’damni eslatishdan tortindim.

 

Hurmatli Odil Qalandarovich, Sizga bergan va’damning ustidan chiqdim. 7.0 emas, balki 7.5 darajali IELTS sertifikatini qo’lga kiritdim. Ishonch va umid uchun katta rahmat! Katta marralarni belgilab va unga erishish dasturini ham tuzib qo’yganman. Kelajak dasturlarimni Siz bilan o’rtoqlashish niyatim bor!

Aynura Rustemova,
davlat stipendiyasi sohibi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram