OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ayol qachon o’zini baxtli his etadi? Albatta, yurti va oilasi tinch, farovon, farzandlaridan xotirjam, jamiyatda munosib o’rniga ega bo’lsa. Shukurki, men ham baxtiyor yurtdoshlarimizdan biriman. Sevgan kasbimni e’zozlab, kam bo’lmadim.

Ayol qachon o’zini baxtli his etadi? Albatta, yurti va oilasi tinch, farovon, farzandlaridan xotirjam, jamiyatda munosib o’rniga ega bo’lsa. Shukurki, men ham baxtiyor yurtdoshlarimizdan biriman. Sevgan kasbimni e’zozlab, kam bo’lmadim.

Nega deysizmi? Unda eshiting: bugun biz, ayollarga qaratilayotgan e’tiborni har nafasimizda his qilib kelayapmiz. Buni jamiyatimizning barcha jabhalarida, aytaylik, ta’lim va sog’liqni saqlash tizimi, sanoat va qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va aloqa sohalarida samarali faoliyat olib borayotgan fidoyi ayollar timsolida ko’rish mumkin. Zukko qizlarimiz, fozila ayollarimiz esa fan, san’at, madaniyat va sportda yuqori marralarni zabt etishayapti.
Bunday misollarni o’zimning ish faoliyatimdan ham keltirsam. Bugun o’qituvchi ayol eng e’zozdagi kishilardan biriga aylandi. Sababi, Prezidentimizning g’amxo’rligi tufayli ta’lim sohasini isloh qilishga qaratilgan ezgu islohotlar o’zining yorqin natijasini ko’rsatayapti. Ayniqsa, oliy ta’limini rivojlantirish davlat dasturi doirasida yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy ta’lim muassasalari qurildi, mavjudlari qayta ta’mirlanib, to’liq jihozlandi. Jumladan, o’zim faoliyat yuritayotgan Toshkent davlat transport universitetini olaylik. Bu yerdagi fan xonalari va laboratoriyalar yangi jihozlar, eng so’nggi o’quv uskunalari, zamonaviy texnik jixozdari bilan ta’minlangan. Bunday sharoitlarning yaratilishi biz, ayollarning ham baxtimizdan darak beradi. Boisi bu muqaddas maskanlarda farzandlarimiz tahsil olishadi. Ular ulg’ayib, Vataniga, xalqiga, ota-onasiga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis, komil inson bo’lib yetishsa, ayting, bundan ortiq baxt bormi dunyoda?!
Faxrlanib aytamanki, o’quv muassasamiz — O’zbekistonni eng namunali ta’lim dargohlaridan biri. Jamoamizda bir qator davlat mukofoti sovrindorlari, el e’zozidagi ijodkor pedagoglar faoliyat ko’rsatsa, talabalarimiz orasida nomdor stipendiya soxiblari, fan olimpiadalari, soxa tanlovi musobaqalari g’oliblari bor. Ular ichida xotin-qizlar ko’pchilikni tashkil etadi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda gender tenglik siyesati ham to’g’ri yo’lga qo’yilgan. Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi, shuningdek, “Xotin qizlar va erkaklar uchun teng xuquq va imkroniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari shu bilan birgalikda xotin-qizlar xuquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan boshqa Qonunlar, qarorlar va Farmonlar buni yaqqol dalilidir. Yurtimizning qaysi sohasi bo’lmasin, ayellar va erkaklar teng xuquqliki, teng imkoniyatlarning yaratilishi ayellarning rahbar lavozimlariga tayinlanishi , deputatlarimizning 30% dan ortig’i ayel deputatlar tashkil etishi jamiyatimizda ayellarning o’z o’rni borligidan dalolat beradi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalaridagi Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining mazkur qarordan xabardorligini oshirish, Gender strategiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida, joriy yilning 14-15 iyunь kunlari Farg’ona davlat universitetida “Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tatbiq etishda xotin-qizlarning roli” mavzusida amaliy seminar o’tkazildi.Seminarda jamiyatimizda bu borada olib borilayetgan islohatlarning yurtimizning har bir qishlog’igda istiqomat qilayetgan xotin-qizlarimizga yetkazish, joylarda ayollar bilan manzilli ishlar olib borish, bu boradagi yutuq va kamchiliklar haqida gapirildi, tajriba almashinildi.
Bunday yutuqlar, albatta, Prezidentimiz tomonidan soha rivojiga va ayollarga ko’rsatilayotgan yuksak e’tibor, xotin-qizlarimizni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan rag’bat natijasidir. Ayol — millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlar e’zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi tinch, farovon bo’ladi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram