OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ayolga munosabat — kelajakka hurmat

Ayolga munosabat — kelajakka hurmat

Keyingi yillarda oliy ta’limni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgan qator muhim xujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy ta’lim standartlari, talabalikka qabul qilishning shaffof tizimi joriy etildi, qabul kvotalari oldingi yillarga nisbatan 30%ga oshdi. Xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalariga qo’shimcha davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlari doirasida o’qishga qabul qilish xukumatimizning bir qator qarorlari qabul qilingan.
Xar o’quv yilida Toshkent davlat transport universitetiga qabul qilinayetgan talabalarning 5-8%ni xotin-qizlar tashkil etayotgan bo’lib, ularning barchasi o’quv dasturida belgilangan fanlarni to’liq o’rganib, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadr bo’lib o’qishni muvafaqqiyatli tamomlamoqdalar. 2020/2021o’quv yilida jami 2132 nafar bakalavriat bosqichini tugatgan talabalardan 168 nafari (7.8%)ni, 361 magistrdan 49 nafari (13.2%)ni bitiruvchi talaba qizlar tashkil etganini ko’rishimiz mumkin.
Universtiteda talaba-qizlar o’qishlarini muvaffaqiyatli va belgilangan muddatda tamomlashlariga raxbariyat tomonidan sharoitlar yaratilgan.
Vatanimiz rivojlanishlar sari oldinga qadam tashlar ekan, uning kelgusida eng ilg’or mamlakatlar safida bo’lmog’i uchun millat beshigini tebratuvchi xotin-qizlarga g’amxo’rlik qilish eng oliy vazifalardan biriga aylanmog’i darkor. Zero, ayollari qadr topgan yurt qudratli bo’ladi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram