OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talaba-qizlar diqqatiga!

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2021 yil 17 sentabrdagi “OTA-ONASI YOKI ULARNING BIRIDAN AYRILGAN MUHTOJ QIZLAR VA BOQUVCHISI YO‘Q YOLG‘IZ AYOLLAR OLIY TA’LIM OLISHINI MODDIY JIHATDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi qarori bilan

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni 100 nafarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilgan.

Ushbu qarordan kelib chiqib, universitetimizning 1-4-kurslarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj, boquvchisi yo‘q talaba-qizlar ro’yxati tuzilmoqda.

Yuqorida keltirilgan imtiyozdan foydalanish uchun talaba-qizlarni ta’lim olayotgan fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlariga tasdiqlovchi hujjat bilan bugun (5.10.2021) yoki ertaga (6.10.2021) uchrashishlarini so’raymiz.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram