Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Barcha abituriyentlar diqqatiga: ertadan qabul boshlanadi!

20 iyun kuni 2021-2022-o’quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro’yxatga olish boshlanadi.

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o’tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo’yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo’lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo’lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo’nalishlarini esa 2021-2022-o’quv yili uchun OTMlarga kvotalar belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so’ng tanlash mumkin bo’ladi. Ertaga bunday imkoniyat bo’lmaydi.

Abituriyentlarni ro’yxatga olish DTMning my.dtm.uz sayti va Yagona portal (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro’yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20 iyulga qadar o’z ma’lumotlarini o’zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo’ladigan bo’lsa, sertifikat ma’lumotlarini

Leave a Reply