Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan memorandum imzolandi

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan memorandum imzolandi

Joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti rektori O.K.Abduraxmanov Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori Bogush Vadim Anatolivech bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki davlat ta’lim tizimi, universitetlar haqidagi ma’lumotlar aytib o‘tildi. Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti Belarus Respublikasining axborot texnologiyalari, radiotexnika, elektronika va telekommunikatsiyalar sohasidagi yetakchi oliy oʻquv yurti boʻlib, Minsk shahrida joylashgan.

Uchrashuv so‘ngida ikki universitet o‘rtasida ilmiy, akademik va kadrlar tayyorlashdagi ko‘p qirrali hamkorlik borasidagi memorandum imzolandi. Ushbu hamkorlik natijasida yetuk kadrlar tayyorlashga umid bildirildi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!