Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Belarus Professional ta’lim respublika instituti bilan shartnoma imzolandi

Belarus Professional ta’lim respublika instituti bilan shartnoma imzolandi

5 iyul kuni Transport universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Baxodir Turayev Belarusning Professional ta’lim respublika instituti vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot jarayonida Transport vazirligi tarkibidagi professional ta’lim muassasalari, jumladan kollej va texnikum pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida innovatsion g’oyalarni amalga oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

– Rivojlanayotgan transport sohasi uchun ehtiyoj mavjud yo’nalishlarda malakali kadrlar tayyorlash bugungi kunning eng asosiy vazifadir, – dedi prorektor Baxodir Turayev. – Professional ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash uchun, avvalo, pedagog-kadrlar salohiyatini oshirish lozim. Shu ma’noda, bugungi xalqaro uchrashuv va unda xorijlik hamkorlar bilan bo’lib o’tgan muhokamalar, imzolangan memorandum Transport vazirligi tarkibidagi professional ta’lim muassasalari rivoji uchun xizmat qiladi deb o’ylaymiz.

Uchrashuv doirasida Belarusь davlatining Professional ta’lim respublika instituti (RIPO) bilan Transport vazirligi tarkibidagi professional ta’lim tizimi ta’lim jarayoni sifatini oshirish, xalqaro malaka tizimini joriy etish va WorldSkills standartlari asosida kadrlar tayyorlash yo’nalishlarini qamrab olgan hamkorlik memorandumi imzolandi.