Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

BERKLEY KALIFORNIYA UNIVERSITETI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

BERKLEY KALIFORNIYA UNIVERSITETI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti rektori va Amerikaning Berkley Kaliforniya universiteti vakili asli o’zbekistonlik Shahzod Tohirov bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ikki mamlakatning yetakchi universitetlari va ularning imkoniyatlari haqida aytib o’tildi. Suhbat davomida talabalar almashinuvi, professor-o’qituvchilarning malaka oshirishlari va qo‘shma ta’lim dasturlari haqida fikr almashildi. Berkley universitetida joylashgan ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati va moddiy texnik bazasi haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Kelgusidagi hamkorlik masalalari bo’yicha muhokamalar qilindi.
Ma’lumot uchun, Berkley Kaliforniya universiteti 1868-yilda tashkil topgan. Uning QS dagi reytingi 32, THEda esa 18- o‘rinda turadi. Universitet AQShning Kaliforniya shtati universiteti boʻlib, aniq fanlar, texnologiya, biznes boshqaruvi, falsafa va boshqa bir qancha sohada AQSh va jahonda yetakchi oʻrinda turadi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!